O‘ZBEKISTONGA KELISH UCHUN ELEKRON KIRISH VIZALARINI RASMIYLASHTIRISH VA BERISH TIZIMI (E-VISA.GOV.UZ) YO‘LGA QO‘YILDI

2018-yil 15-maydan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 4-iyuldagi 3836-sonli qaroriga muvofiq turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelish uchun elekron kirish vizalarini rasmiylashtirish va berish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasining elekrton kirish vizasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq mazkur tizim chet el fuqarolarining turistik kirish vizasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining diplomatik valolatxonalari, konsullik muassasalariga majburiy murojaat zaruriyatini bekor qilishni ko‘zda tutadi.

Elektron viza O‘zbekiston Respublikasi hududida 30 kungacha bir marta bo‘lish uchun beriladi.

Elektron viza berilgan vaqtdan boshlab 90 kun davomida amal qiladi.

Elektron vizani rasmiylashtirish va berish uchun murojaatni ko‘rib chiqish muddati ikki ish kunini tashkil etadi (murojaat berilgan kundan tashqari).

Berilgan elektron viza “e-visa.gov.uz” tizimining rasmiy veb-portaliga murojaat etish vaqtida ko‘rsatilgan chet el fuqarosining elektron pochtasiga jo‘natiladi.

Elektron vizani rasmiylashtirish uchun murojaat berish O‘zbekiston Respublikasiga kelish sanasidan uch ish kunidan kam bo‘lmagan muddatdaamalga oshiriladi.

Elektron kirish vizasini olish murojaatini ko‘rib chiqish uchun konsullik yig‘imi hajmi 20 AQSh dollarini tashkil etadi.

To‘lov elektron ko‘rinishda xalqaro to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

Elektron viza berishda rad javobi berilgan taqdirda konsullik yig‘imi uchun olingan mablag‘ qaytarilmaydi.

Elektron viza o‘tish xujjatiga (pasport) yopishtilmaydi. Chegara orqali o‘tish punktida chet el fuqarosi elektron vizani qog‘oz yoki elektron ko‘rinishda taqdim etadi.