O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo'qotish
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik to’g’risidagi qonunining 25-moddasiga asosan quyidagi hollarda O’zbekiston fuqaroligi yo’qotilishi mumkin:
1) shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsa, adliya idoralari yokidavlat hokimiyati va boshqaruvning bashqa idoralariga ishga kirganda;
2) shaxs chet elda uch yil davomida doimiy yashab, uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmasligi;
3) shaxs O’zbekiston fuqaroligini yolg’on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar asosida olgan bo’lsa;
4) shaxs chet el davlatlari foydasini ko’zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazsa;
5) shaxs chet davlat fuqaroligini olsa.
Chet davlat fuqaroligini olgan shaxs o’ttiz kun ichida O’zbekiston ichki ishlar idoralari yoki konsullik muassasalarini bu haqda xabardor etishi lozim!
O’zbekiston fuqaroligini yo’qotish faqatgina O’zbekiston Prezidenti farmoni chiqqan kundan boshlab kuchga kiradi!