FHDYO masalalari
Koreya Respublikasida doimiy yoki vaqtincha yashab kelayotgan O’zbekiston qurarolari uchun fuqarolik holatlari dalolatnomalari yozish O’zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi tomonidan O’zbekiston qoununchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Konsul chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi O’zbekiston fuqarolari hamda ular bilan fuqarolik holatlarini qayd qilgan chet el fuqaroligi yoki bo’lmagan shaxslardan fuqarolik holatlarini dalolatnomalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, dalolatnomalarni qayta tiklash, shuningdek ism, familiya va sharifini o’zgartirish bo’yicha arizlar va qo’shimcha hujjatlarni qabul qiladi va ularni ko’rib chiqish uchun O’zbekiston vakolatli idoralariga jo’natadi.
Tug’ilshni rasmiylashtirish tartibi
Tug’ilish haqidagi guvohnoma tibbiyot muassasasi tomonidan bolaning tug’ilishini qayt etiganlik haqidagi ma’lumotnomasi asosida rasmiylashtirib beriladi. Guvohnoma bolaning tug’ilishi, uning ota-onasini otaligi va onaligini tasdqillovchi hujjat hisoblanadi.
Guvohnoma bolaning tug’ilgan kunidan boshlab bir oy muddat ichida uning ota-onasi tomonidan berilgan ariza asosida rasmiylashtirib beriladi. Biroq, belgilangan muddatda ariza topshirmaslik bolaning tug’ilishini ro’yxatdan o’tkazishda to’siq qilmaydi. Bunday holda, o’n olti yoshga to’lmagan bolaning tug’ilishini ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi ariza (kechiktirish sabablarini ko’rsatgan holda), bolaning ota-onasi tomonidan Elchixonaga taqdim etiladi. Bunday hollarda Elchixona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tug’ilish faktini tasdiqlovchi hujjatdan tashqari boshqa hujjatlarni ham talab qilishi mumkin.
Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma bolaning ota-onasi Elchixonada doimiy yoki vaqtincha ro’yxatdan o’tgan taqdirda amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, murojaat qilayotganda, shuningdek, tegishli konsullik ro’yxatdan o’tkazilishi uchun hujjatlar to’plamini tayyorlash kerak (agar ular doimiy yoki vaqtincha ro’yxatdan o’tmagan bo’lsa).
Bolaga tug’ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirish uchun Elchixonaning kosnullik bo’limiga quyidagi hujjatlar taqdim etladi (3 nusxada):
1. Bolaning ota-onasining azrizasi (Elchixonada to’ldiriladi). Biror sabab bilan bolaning otasi yoki onasi Elchizonaga kela olmagan taqdirda, ushu shaxs turmush o’rtog’iga bolaga guvohnoma olish uchun notarial tasdiqlangan ishinchnoma taqdim etilishi lozim
2. Bola tug’ilganligi to’grisida tibbiyot muassasasidan olingan ma’lumotnoma asli va 2ta nusxasi. Berilgan sanasi ko’rsatilgan ushbu ma’lumotnoma muassasa muhri bilan tasdiqlanishi, legalizatsiya yoki apostil qo’yilgan holda, rus yoki o’zbek tilida tarjima qilingan holda taqdim etilishi lozim. Tibbiy ma’lumotnomada quyidagilar ko’rsatilishi lozim:
- bolaning ota-onasi to’g’risida ma’lumotlar (FISh, yoshi), onaning yashash manzili:
- bolaning tug’ilish sanasi va joyi, jinsi, og’irligi, bo’yi
- homiladorlik muddati va nechanchi homiladorlik;
- tibbiyot muassasasi nomi, ma’lumotnoma raqami va berilgan sanasi
- bolaning ota-nasini shaxsini taqdiqlovchi hujjat (nobiometrik, biometric yoki xorijga chiqish uchun passport)
- bolaning ota-onasi nikohi haqidagi guvohnomasi. Nikoh guvohnomasi nusxasi xorijiy davlat FHDYO idoralari tomonidan berilgan taqdirda, ushbu hujjat legalizatsiya yoki apostil qo’yilgan holda, rus yoki o’zbek tilida tarjima qilingan holda taqdim etilishi lozim.
- bola yolg’iz ona tomonidan dunyoga keltirilgan bo’lsa, yuqoridagi hujjatlarga qo’shimcha bola tug’ilganligi haqida yolg’iz ona tomonida ariza taqdim etiladi
- qonuniy nikohda bo’lmagan shaxslar bolaga tug’ilish to’g’risida givohnoma rasmiylashtirilganda otalikni belgilash uchun tomonidan quyidagi qo’shimcha hujjatlar taqdim etiladi:
- ona tomonidan to’ldirilgan ariza
- ota-onaning otalik belgilash haqidagi arizasi
Nikohni ro’yxatdan o’tkazish tartibi
O’zbekiston Respublikasi fuqarosining boshqa O’zbekiston fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs bilan nikohini ro’yxatdan o’tkazish nikohga kiradigan shaxslardan birining yashash joyida turmush qurmoqchi bo’lganlarning belgilangan shakldagi arizani topshirish sanasidan bir oydan keyin amalga oshiriladi
Nikoh to’g’risidagi guvohnoma - bu nikoh tuzgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va o’zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelishini ko’rsatuvchi hujjat.
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 14 va 15-moddalariga binoan, nikohga kiruvchilarning o’zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga etishi nikoh tuzishning asosiy shartlari hisoblanadi.
Nikohni ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi ariza Elchixonaga kelib tushganda, nikohga kirayotgan shaxslarga belgilangan tartibda tibbiy ko’rikdan o’tish uchun yo’llanma beriladi.
Nikohni ro’yxatdan o’tkazish muddatini uzaytirish nikoh tomonlarining qo’shma arizasi asosida ko’rib chiqiladi. Ba’zi hollarda, agar yetarli asoslar mavjud bo’lsa, shuningdek Elchixonaning tashabbusi bilan ushbu muddat uch oygacha uzaytirilishi mumkin.
Nikohlanuvchilar nikohga to’sqinlik qiluvchi holatlarni yashirish oqibatlari to’g’risida ogohlantiriladilar. Nikohni ishonchnoma yoki vakil orqali, shuningdek tibbiy ko’rikdan o’tganligi to’g’risida guvohnoma bo’lmagan taqdirda ro’yxatdan o’tkazishga yo’l qo’yilmaydi.
Qunun talablariga ko’ra nikohlanuvchilardan birining bir paytning o’zida boshqa nikohda bo’lishiga yo’l qo’yilmasligi sabali, arizani qabul qilish paytida Elchixona ariza beruvchilarning qonuniy nikohda bo’lish yoki bo’lmasligini tekshiradi.
Muqaddam turmush qurgan shaxs Elchixonaga avvalgi nikohning bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi shart. Bu nikohni bekor qilinganligi to’g’risiagi guvohnoma, ajrashish to’g’risidagi sud qarori, turmush o’rtog’ining o’limi to’g’risidagi guvohnoma yoki nikohni haqiqiy emasligi to’g’risidagi sud qarori bo’lishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasiga nikoh tuzishga:
- loaqal bittasi ro’yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o’rtasida;
- nasl-nasab shajarasi bo’yicha to’g’ri tutashgan qarindoshlar o’rtasida, tug’ishgan va o’gay aka-ukalar bilan opa-singillar o’rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o’rtasida;
- loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o’rtasida yo’l qo’yilmaydi.
Nikoh ro’yxatdan o’tkazilganidan so’ng, turmush o’rtoqlarning pasportlariga muhr qo’yiladi va nikohni ro’yxatdan o’tkazish vaqti va joyi, dalolatnoma yozuvining raqami, turmush o’rtoqning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug’ilgan yili qayd etiladi. Agar turmush o’rtoqlardan biri er yoki xotin familiyasini qabul qilsa, u holda pasportni almashtirish talab etiladi.
Nikohni ro’yxatdan o’tkazish uchun Elchixonaning konsullik bo’limiga uch nusxada quyidagi hujjatlarni topshirishish lozim:
1. Belgilangan shakldagi ariza. Ushbu hujjat nikoh tuzish to’g’risidagi hujjatlarga muvofiq to’ldiriladi, arizada berilgan savollarga aniq va to’liq javoblar berilishi kerak. Ariza aniq va tushunarli qo’l yozuvi bilan yozilishi kerak.
2. Turmush o’rtoqlarning pasportlari asli va nusxalari.
3. Nikohga kiruvchilarning turmush qurmaganliklari to’g’risidagi ma’lumotnoma. Ushbu hujjat arizachilar murojaati asosida Elchixona orqali O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan talab qilib olinishi mumkin.
4. Nikohga kiruvchilarning tibbiy ko’rikdan o’tganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma asli va ikki nusxasi. Ma’lumotnoma berilgan sanasi ko’rsatilgan holda tibbiyot muassasasining muhri bilan muhrlangan, notarial tasdiqlangan va apostil qo’yilib, o’zbek yoki rus tillariga tarjimasi bilan konsullik bo’limiga topshirilishi kerak.
5. Konsullik yig’imini to’langanligi to’g’risidagi to’lovnoma – 40 AQSh dollari.
O’limni ro’yxatdan o’tkazish tartibi
O’limni ro’yxatdan o’tkazish belgilangan shakldagi ariza va o’lim to’g’risidagi tibbiy guvohnoma taqdim etilgandach Elchixona tomonidan 3 kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Ushbu hollarda marhumning qarindoshlari va yaqinlari, shuningdek vafot etganligi to’g’risida tibbiy ma’lumotnoma yoki marhumning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadigan tibbiyot muassasasi murojaat etishi mumkin.
O’limni ro’yxatdan o’tkazish uchun Elchixonaning Konsullik bo’limiga ikki nusxada quyidagi hujjatlar topshirilishi lozim:
- Tibbiyot muassasaning o’lim haqidagi ma’lumotnomasi asl va nusxasi yoki fuqaroni vafot etgan deb toppish to’g’risidagi sud qarori. Tibbiy ma’lumotnoma yoki sud qarori berilgan sanasi ko’rsatilib, tibbiyot muassasasining muhri bilan muhrlangan, notarial tasdiqlangan yoki apostil qo’yilgan hamda o’zbek yoki rus tillariga tarjima qilingan holda konsullik bo’limiga taqdim etilishi kerak
- Marhumning pasporti asli va nusxasi
O’limni ro’yxatdan o’tkazish uchun konsullik yig’imi olinmaydi.
Familiya, ism va otasining ismini o’zgartirish tartibi
Familiya, ism va ota ismini o’zgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi o’n olti yoshga to’lgandan keyin u yashab turgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan ko’rib chiqiladi.
Familiya, ism va ota ismi o’zgartirilganda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari yozuvlariga tegishli o’zgartishlar kiritadi.
Er (xotin)ning familiyasi o’zgartirilishi (unga nisbatan otalik belgilanganda ham) xotin (er)ning hamda uning voyaga yetgan bolalari familiyasini o’zgartirishga sabab bo’lmaydi.
Ota-ona har ikkalasining familiyasi o’zgartirilganda ularning o’n olti yoshga to’lmagan bolalari familiyasi ham o’zgartiriladi.
Agar ota-onadan biri o’z familiyasini o’zgartirsa, ularning o’n olti yoshga to’lmagan bolalari familiyasini o’zgartirish masalasi ota-onaning kelishuviga binoan, bunday kelishuv bo’lmaganda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal etiladi.
Ota ismining o’zgartirilishi uning o’n olti yoshga to’lmagan bolalarining ota ismi albatta o’zgartirilishiga sabab bo’ladi.
Familiya, ism va otaning ismini o’zgartirish to’g’risidagi arizalar quyidagilar hisoblanadi:
- “Davlat tili to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq;
- sud qarori asosida;
- agar familiya va ism mos kelmasa (nomutanosib bo’lsa);
- agar familiya va ism millatiga mos kelmasa;
- nikohgacha bo’lgan familiyaga qaytish istagi bo’lganda (nikoh paytida va ajralishdan keyin);
- agar oila uchun umumiy familiyani tanlash istagi bo’lsa (agar nikohda er-xotin umumiy familiyani qabul qilmagan bo’lsa);
- 16 yoshga to’lgan shaxsga otalikni belgilashda.
Familiya, ism va otasining ismini o’zgartirish uchun Elchixona konsullik bo’limiga ikki nusxada quyidagi hujjatlar topshiriladi:
1. Ariza (namuna)
2. Ariza beruvchining va bolalarning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomasining asli va nusxasi (agar ariza beruvchining voyaga etmagan bolalari bo’lsa).
3. Pasportning asli va nusxasi
4. 3 x 4 sm fotosurat (1 dona)
5. O’zbekiston FHDYo organlari yoki O’zbekistonning xorijiy davlatlardagi konsullik idoralari tomonidan berilgan nikoh / ajrashish to’g’risidagi guvohnomaning asli va nusxasi. Agar nikoh to’g’risidagi guvohnoma chet davlat (qabul qiluvchi davlatning) tegishli idorasi tomonidan berilgan bo’lsa, unda ushbu hujjatning asl nusxasini taqdim etish va belgilangan tartibda uning legalizatsiya yoki apostillangan shaklini, o’zbek tiliga tarjimasi bilan nusxasini taqdim etish zarur.
6. Agar ariza beruvchi voyaga etmagan bo’lsa yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bolsa sa, u holda ota-onaning yoki vasiyning yoki kuratorning arizasi;
7. Konsullik yig’imi to’langanligi to’g’risida kvitansiya - 70 AQSh dollari