Ashxobodda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – BMT” muloqoti

ASHXOBODDA BO‘LIB O‘TGAN “MARKAZIY OSIYO – BMT” MULOQOTI

2017-yilning 13-iyun kuni Ashxobod shahrida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish raisligida yuqori darajadagi “Markaziy Osiyo – BMT” muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

 

BMT Bosh kotibi va Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston TIV delegatsiyalari rahbarlari tomonidan Markaziy Osiyoda Qo‘shma harakatlar rejasi (QHR) amalga oshirish muhokama qilindi va QHRning istiqbolli yo‘nalishlari belgilandi. Mazkur Reja BMTning Global aksilterror strategiyasini mintaqa darajasida tadbiq qilinayotgan shu turdagi dastlabki hujjat hisoblanadi.

Uchrashuv so‘ngida Yakuniy deklaratsiya qabul qilindi.